

7TECH Muzlatgich kamerasi 250 L
Series GOLD
7FR4G250WS3
3 108 000 UZS
Xususiyatlar
Ma'lumot yo'q
Bir vaqtning o‘zida ham ixcham, ham sig‘imli
249 litr — oila, dala hovli yoki kichik oshxona uchun eng qulay hajm. Kamera katta joy egallamaydi, ammo haftalik oziq-ovqat zahiralarini osongina sig‘diradi. Ichki tuzilishi har bir litr hajmdan samarali foydalanishga imkon beradi.
Kunda 11,5 kg tez muzlatish
Sovitish tizimi sovuqni butun kamera bo‘ylab teng taqsimlaydi. Mahsulotlar tez muzlaydi, bir-biriga yopishmaydi va yirik muz kristallari hosil bo‘lmaydi. Eritilgandan so‘ng ular ta‘m, rang va tuzilishini saqlab qoladi.
100 soatgacha elektrsiz ishlaydi
Elektr o‘chirilganida ham kamera to‘rt kungacha sovuqni ushlab turadi. Ichki harorat xavfsiz darajada qoladi, shuning uchun mahsulotlar uchun xavotirlanishga hojat yo‘q. Ishonchli termoizolyatsiya mahsulotlarni erib ketishdan himoya qiladi.
Ishonchlilik va mustahkam yig‘ilish
Mustahkam po‘lat korpus harorat o‘zgarishlari va mexanik ta‘sirlarga chidamli. Qopqoq yumshoq ochiladi, muhrlar vaqt o‘tishi bilan germetikligini yo‘qotmaydi. Model Midea zavodida ishlab chiqarilgan — bu uzoq va barqaror xizmat kafolati.

7TECH Muzlatgich kamerasi 250 L
3 108 000 UZS








